Houssine Kharja
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 9-noyabr 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Poissy, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.80 m[1] | ||
Ampluasi | Humujkor yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1993-1998 | Paris Saint-Germain | ||
1998-2000 | Gazélec Ajaccio | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000-2001 | Sporting CP B | 28 | (4) |
2001-2007 | Ternana | 119 | (10) |
2005-2006 | → Roma (ijara) | 12 | (1) |
2007-2008 | Piacenza | 17 | (2) |
2008 | → Siena (ijara) | 15 | (3) |
2008-2009 | Siena | 36 | (5) |
2009-2011 | Genoa | 20 | (3) |
2011 | → Internazionale (ijara) | 15 | (1) |
2011-2012 | Fiorentina | 19 | (0) |
2012-2013 | Al-Arabi | 19 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2003-2015 | Marokash | 78 | (13) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Houssine Kharja (1982-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan marokashlik sobiq professional futbolchi .
Fransiyada tugʻilgan futbolchi katta faoliyatini "Sporting CP "da boshlagan va undan keyin Italiya klublarida faoliyatining katta qismini oʻtkazadi. Italiyaning A Seriyasida jami 117 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan.
Xalqaro miqyosda u 2003-yildan 2015-yilgacha Marokash terma jamoasi tarkibida 78 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erta faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kharja oʻz faoliyatini Paris Saint-Germainning yoshlar jamoasida boshlagan va 1998-yilda „Gazélec Ajaccio“ jamoasiga oʻtgan.
Portugaliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda u Portugaliyaning „Sporting CP“ jamoasiga oʻtadi.
Italiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sporting“ jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi bir mavsum oʻtkazganidan soʻng Kharja 2001-yilda „Ternana“ga oʻtadi. U „Rossoverdi“ safida toʻrtta ajoyib mavsum oʻtkazadi va 2005-yilda „Roma“ga ijaraga beriladi[2]. Kharja 12 ta oʻyinda maydonga tushib, „Yuventus“ qarshi oʻyinda gol uradi.
2005-2006-yilgi mavsum oxirida „Roma“ Kharjaning ijara muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi va marokashlik futbolchi Ternanaga qaytdi. Ammo u Ternanada oʻynamasligini eʼlon qildi. Chunki bu orada Rossoverdi C1 Seriyaga tushib qolgan edi. Ternana uni oʻz futbolchisi deb hisoblagan[3][4], hatto Lega Calcio C Serie uni klubdan ketish huquqini 2007-yil 26 aprelgacha[5] toʻxtatib qoʻygan. Apellyatsiyalardan soʻng, FIGC sudi Kharjani erkin agent deb eʼlon qildi va u 2007-yil 20-martda B Seriyaning Piacenza jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. 2008-yil yanvar oyida u mavsumning ikkinchi yarmi uchun Sienaga ijaraga berildi va bu shartnoma 11-iyulda doimiy shartnomaga aylantirildi.
2009-yil iyun oyida Genoa klubi futbolchini[6] sotib olish boʻyicha kelishuvga erishayotganini eʼlon qildi va 2-iyulda transferni amalga oshirdi[7]. „Genoa“ Kharjani oʻz safiga qoʻshib olishi uchun 6,5 million yevrolik shartnoma imzolaydi.
2011-yilning 29-yanvarida Kharja „Internazionale“ ga ijara asosida o‘tgani, „Internazionale“ ijara shartnomasini doimiyga oʻzgartirishi mumkinligi eʼlon qilindi[8]. U 2011-yil 3-fevralda „Bari“ga qarshi oʻyinda „Internazionale“dagi birinchi golini kiritadi. Ijara muddati tugagach, „Internazionale“ futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolamaslikka qaror qildi va shu sababli u „Genoa“ga qaytdi.
Kharja 2011-yilning 18-avgustida „Fiorentina“ futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. [9]
Qatar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilning 29-iyunida Kharja Qatarning „Al-Arabi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[10].
U 2013-yil 19-mart kuni Qatar Yulduzlar kubogi o‘yinida „Al-Garafa“ futbolchisi Nenê bilan janjallashib qoladi va uchrashuv davomida Kharja oʻyinning koʻp qismida Nenêga qarshi qoʻpollik qiladi. Nenê Kharjaning jamoadoshlaridan biriga qoʻpollik ishlatganidan soʻng maydondan chetlatiladi. Nenê hakamning qaroriga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlganida, Kharja uni yelkasidan ushlab, hakamning oldiga borishiga toʻsqinlik qiladi va Nenê Kharja boshining orqa tomoniga tirsagi bilan urib javob qaytaradi. Ushbu harakatlardan soʻng, Kharja jamoadoshlari Nenêga hujum qila boshlaydi va bu ikki jamoa oʻrtasida mushtlashuvlar boshlanib ketadi.
Oʻyindan soʻng qattiq jazo choralari qoʻllandi. Toʻrt nafar futbolchi jarimaga tortildi va futboldan chetlashtirildi, shuningdek, „Al Arabi“ jamoasi aʼzosi ham jarimaga tortilib, ogohlantirildi. Kharjaga eng qattiq jazo qoʻllanadi. Kharja 380 000 QR miqdorida jarimaga tortildi va 10 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu Qatar Yulduzlar Ligasi tarixidagi eng katta jazo edi. Keyinroq, 31-mart kuni, ligada „Lexviya“ga qarshi uchrashuvda sodir boʻlgan mushtlashuvlardan soʻng Al Arabi futbolchi bilan shartnomasini bekor qiladi[11].
Fransiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 10-oktabrda Sochaux Kharja bilan bir yillik shartnoma imzolaydi[12].
Ruminiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil sentabrida Kharja Ruminiyaning amaldagi chempioni "Steaua București "ga bir yillik shartnoma asosida qo‘shiladi[13]. U birinchi Ligadagi debyutini shartnoma imzolaganidan uch kun oʻtib Concordia Chiajnaga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[14].
Faoliyati statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Goals | |||
Sporting CP B | 2000-01 | Segunda Divisão B | 28 | 4 | — | — | — | — | 28 | 4 | |||||
Ternana | 2001-02 | Serie B | 23 | 2 | 0 | 0 | — | — | — | 23 | 2 | ||||
2002-03 | 28 | 2 | 1 | 0 | — | — | — | 29 | 2 | ||||||
2003-04 | 35 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 35 | 3 | ||||||
2004-05 | 33 | 3 | 2 | 0 | — | — | — | 35 | 3 | ||||||
2006-07 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||||
Jami | 119 | 10 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 122 | 10 | |||
Roma (ijara) | 2005-06 | Serie A | 12 | 1 | 5 | 0 | — | 8 | 0 | — | 25 | 1 | |||
Piacenza | 2007-08 | Serie B | 17 | 2 | 0 | 0 | — | — | — | 17 | 2 | ||||
Siena | 2007-08 (loan) | Serie A | 15 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 15 | 3 | ||||
2008-09 | 36 | 5 | 2 | 1 | — | — | — | 38 | 6 | ||||||
Jami | 51 | 8 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 53 | 9 | |||
Genoa | 2009-10 | Serie A | 7 | 3 | 0 | 0 | — | 4 | 1 | — | 11 | 4 | |||
2010-11 | 13 | 0 | 2 | 1 | — | — | — | 15 | 1 | ||||||
Jami | 20 | 3 | 2 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | 26 | 5 | |||
Internazionale (Ijara) | 2010-11 | Serie A | 15 | 1 | 1 | 0 | — | 3 | 0 | — | 19 | 1 | |||
Fiorentina | 2011-12 | Serie A | 19 | 0 | 2 | 0 | — | 3 | 0 | — | 21 | 0 | |||
Al-Arabi | 2012-13 | Qatar Stars League | 19 | 2 | 0 | 0 | — | — | — | 19 | 2 | ||||
Sochaux | 2014-15 | Ligue 2 | 22 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 23 | 1 | ||||
Steaua București | 2015-16 | Liga I | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | 11 | 0 | ||
Faoliyatida jami | 328 | 32 | 17 | 2 | 2 | 0 | 15 | 1 | 2 | 0 | 364 | 35 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻq. | Sana | Joy | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 2005-yil 4-iyun | Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash | 3-1 | 4-1 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
2 | 2008-yil 31-may | Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash | 3-0 | 3-0 | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
3 | 2008-yil 7-iyun | Stade Nacional, Nuakchott, Mavritaniya | 4-0 | 4-1 | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 2008-yil 20-avgust | Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash | 1-0 | 3-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 2008-yil 19-noyabr | Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash | 1-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
6 | 2011-yil 10-avgust | Stade Leopold Senghor, Dakar, Senegal | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
7 | 2012-yil 23-yanvar | Stade d’Angondje, Librevil, Gabon | 1-2 | 1-2 | Afrika Millatlar Kubogi 2012 |
8 | 2012-yil 27-yanvar | Stade d’Angondje, Librevil, Gabon | 1-0 | 2-3 | Afrika Millatlar Kubogi 2012 |
9 | 2-2 | ||||
10 | 2012-yil 2-iyun | Mustaqillik stadioni, Bakau, Gambiya | 1-1 | 1-1 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
11 | 2012-yil 9-iyun | Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash | 1-1 | 2-2 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
12 | 2012-yil 13-oktyabr | Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash | 2-0 | 4-0 | 2013-Afrika Millatlar Kubogi saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inter Milan
- Italiya kubogi : 2010-2011
Steaua Bucureşti
- Liga kubogi : 2015-2016
Marokash
- Afrika Millatlar kubogida 2-oʻrin: 2004[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Houssine Kharja“. Goal.com. Qaraldi: 2009-yil 21-avgust.
- ↑ „APPROVAZIONE DELLA SITUAZIONE FINANZIARIA MENSILE AL 31 AGOSTO 2005“ (it). AS Roma (2005-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
- ↑ „KHARJA "RIMANE ALLA TERNANA"“ (it). Ternana Calcio (2006-yil 28-iyul). Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
- ↑ „ECCO I CONVOCATI PER GIULIANOVA. CI SONO PURE KHARJA E JIMENEZ“ (it). Ternana Calcio (2006-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
- ↑ „Comunicato Ufficiale N°148/C (2006–07)“ (it). Lega Calcio Serie C (2007-yil 31-yanvar). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-avgust.
- ↑ „GENOA IN PRESSING SU HOUSSINE KHARJA“ (it). genoacfc.it (2009-yil 10-iyun). Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
- ↑ „KHARJA E SPIRA IL VENTO DELL'AFRICA“ (it). genoacfc.it (2009-yil 7-fevral).
- ↑ „Transfers: Kharja joins Inter“. inter.it (2011-yil 29-yanvar). 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-yanvar.
- ↑ „Kharja in viola“ (it). Viola channel (2011-yil 18-avgust). Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
- ↑ „Kharja passes medical, signs two-year deal with Al Arabi“. Qatar Stars League (2012-yil 30-iyun). 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-iyun.
- ↑ „Kharja contract 'terminated', says report“. thepeninsulaqatar.com (2013-yil 31-mart). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-aprel.
- ↑ „Houssine Kharja joins Sochaux | Get French Football News“. www.getfootballnewsfrance.com. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ „Bine ai venit, Houssine Kharja!“ (ro). FC Steaua București (2015-yil 18-sentyabr). 2018-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Kharja a fost titular, la trei zile după ce a semnat cu Steaua. Fazele în care s-a văzut, în meciul cu Chiajna“ (ro). Digi Sport (Romania) (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 23-sentyabr.
- ↑ „African Nations Cup 2004“.